Nazarboyev hech qachon baxtli milliarderlarni uchratmaganini ma’lum qildi

© Sputnik / Mikhail VoskresenskiyPrezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazarboyev “Qozog‘istonning 100 nafar yangi qiyofasi” loyihasi ikkinchi bosqich yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hech qachon baxtli milliarderlarni uchratmaganini ma’lum qildi va yoshlarni oddiy ishdan uyalmaslikka chaqirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

 Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega

Xabarda yozilishicha, “Qozog‘istonning 100 nafar yangi qiyofasi” loyihasi ikkinchi bosqich yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda Nazarboyev “inson imkoniyatining chegarasi yo‘q”, deb qayd etgan.

Alisher Usmonovni Qozog‘iston prezidenti orden bilan mukofotladi

“Badavlat ota-onadan meros tariqasida olish mumkin (boylikni – tahr.), lekin naf bermaydi. Men sizga ko‘pni ko‘rgan, tajribali inson sifatida shuni ma’lum qilamanki, 10-20 milliardga ega bo‘lgan biror bir baxtli milliarderni ko‘rmadim. Ko‘rmadim! Men sizga o‘z joniga qasd qilgan yoki qamoqda vafot etgan milliarderlar ro‘yxatini keltirishim mumkin. Bu mablag‘lar baxtli qiladi, deb ko‘rinishi mumkin, biroq o‘z kuching bilan mehnat qilib topgan puling seni baxtli qiladi”, - dedi Nazarboyev.

Shuningdek, u “mehnatsiz erishilgan yutuq – bu baxt emas”, deya ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev muddatidan oldin prezident saylovlari haqida bayonot bergani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0