Hodisalar

Samarqand viloyatidagi Bulungʻur arigʻidan ayol kishining jasadi topildi

CC0 / pixabay / Devushka v pole
Devushka v pole - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati Bulungur tumanida Bulungʻur arigidan ayol kishining jasadi topildi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida Bulungʻur arigidan ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda 35 yoshli hamshira oʻzini 3 qavatdan tashlab halok boʻldi

Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, kunduz kuni mahalliy aholi ariq boʻyida qalqib turgan qiz bolaga tegishli liboslar taxlamini topib olganlar.

Shundan soʻng ular huquq tartibot organlariga topilma haqida xabar berishgan.

Huquq tartibot organlari tomonidan Bulungʻur arigʻi suvi toʻsilgan va birinchi sovxoz tomondan haqiqatda qiz bolaning jasadi suvdan topilgan.

Ayol nega oʻz joniga qasd qilgani maʼlum emas.

Hozirda surtishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 11 fevral kuni Toshkentdagi Semashko nomli ilmiy amaliy markazining 35 yoshli hamshirasi oʻzini 3 qavatdan tashlab halok boʻlganligi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala