Iqtisod

Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari eksport hajmini 7 mlrd. dollarga yetkazmoqchi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishTekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbeksitonda 2025 yilga qadar toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 7 mlrd. dollarga yetkazishni nazarda tutuvchi Kontseptsiya ishlab chiqiladi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanalida xabar qilindi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi toʻqimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Qarorga koʻra, 2019 yil 1 apreldan 2019-2021 yillarda mahsulotining kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini toʻlash xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:

- milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida;

- xorijiy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;

- nol stavkasini qoʻllagan holda vujudga kelgan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan eʼtiboran 7 ish kuni davomida soliq toʻlovchiga qaytariladi;

- birja savdolari orqali paxta tolasini sotib olishda qatʼiy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi.

- 2019 yil hosilidan paxtani sotib olishda qoʻshilgan qiymat soligʻi amaldagi sotish narxidan kelib chiqib hisoblanadi.

Tadbirkorlik subʼyektlarining tovar aylanmasidan vujudga kelgan nol stavkadagi qoʻshilgan qiymat soligʻini korxonalarga qaytarish  toʻgʻrisida taqdim qilgan arizalarini qabul qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan dastur ishlab chiqiladi.

2025 yilga qadar toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 7 mlrd. AQSH dollariga yetkazishni nazarda tutuvchi “2019-2025 yillar davomida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Kontseptsiyasi” ishlab chiqiladi.

Shuningdek, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portali yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala