O‘zbekistonda 1-martdan shahar telefoni uchun abonent to‘lovi oshiriladi

© Sputnik / PervensevTelefoni
Telefoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, boshqa universal xizmatlar tariflari oldingi holida saqlangan.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 1-martdan shahar va qishloq telefon tarmog‘i abonentlari asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uchun abonent to‘lovi miqdori oshiriladi, deb xabar qildi “O‘ztelekom” matbuot xizmati.

Bahor oyidan shahar aholisi oyiga 5 800 so‘m, qishloq aholisi esa  2 600 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishadi.

Xabarda yozilishicha, telefon aloqasi xizmati uchun abonent to‘lovi va vaqtbay to‘lov tizimi uchun hisob-kitob tizimi soddalashtirildi va kechki vaqt hamda dam olish (shanba, yakshanba, bayram) kunlari mahalliy va shaharlararo telefon tarmoqlariga amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar uchun pasaytirilgan koeffitsiyentlar bekor qilindi.

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘i telefon aloqasining to‘qqiz xonali raqamlash tizimiga o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aloqada: telefon raqamlari qanday o‘zgaradi

Bundan tashqari, xonadonlar telefoni va mehmonxonalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun o‘rnatilgan telefonlardan kreditga taqdim etiladigan so‘zlashuvlarda har bir so‘zlashuv uchun ustama miqdoridagi to‘lov haqi bekor qilindi.

Qayd etilishicha, boshqa universal xizmatlar tariflari oldingi holida saqlangan. Shuningdek, telefon tarmog‘iga ulash uchun ro‘yxatga olish to‘lovi va telefondan foydalanishdagi to‘lovlarga o‘rnatilgan imtiyozlar o‘z kuchini saqlab qoladi.

Yangiliklar lentasi
0