Rishtonda dinozavr qoldiqlari topildi - foto

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSkelet drevnego yashera
Skelet drevnego yashera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, bir qarashda, dumini xisobga olmaganda,qoldiqlar kenguruni,tuyaqushni eslatadi. Oyoqlari gavdasiga nisbatan baquvvat, uzun ko‘rinishga ega.

TOShKENT, 14 fev - Sputnik. Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida dinozavr qoldiqlari topildi, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi” nashri.

 Pablo Gallina na fone rekonstruksii skeleta zauropoda — Bajadasaurus pronuspinax - Sputnik O‘zbekiston
Argentinada ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavrning qoldiqlari topildi

Xabarda yozilishicha, Rishton tumani Yangiyo‘l qishlog‘i, Yangiturmush ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro To‘xtasin o‘z uyini qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonida uyning eski pol ostidan noan’anaviy ko‘rinishdagi hayvon qoldiqlariga duch keladi. Topilmaning suyak tuzilishini ayni zamonimizda yashayotgan va boqilayotgan yoki ilmiy kitoblarda fotosuratlari aks etgan biror bir mavjudotga qiyoslay olmagach uni telefoniga suratga tushiradi.

Uy egasi ajabtovur hayvon qoldiqlarini birorta jonzodga taxmin qila olmasdan, qo‘shnilarini chaqiradi. Hamma har hil fikrlar, mulohazalar bildirapti.

“Taxminimizcha, dinozavr suyaklarini eslatapti bu qoldiqlar. Yana bilmadim...”, - deydi To‘xtasin.

© Foto: "Xalq so‘zi"Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida dinozavr qoldiqlari topildi.
Rishtonda dinozavr qoldiqlari topildi - foto - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida dinozavr qoldiqlari topildi.

Qayd etilishicha, bir qarashda, dumini xisobga olmaganda,qoldiqlar kenguruni,tuyaqushni eslatadi. Oyoqlari gavdasiga nisbatan baquvvat, uzun ko‘rinishga ega. Umurtqa pog‘onasi va qovurg‘a qismi qo‘ysimon hayvonlarga aloqador. Bo‘yin qismi esa parrandani eslatadi.

Xabarda bu noyob topilmaga mutaxassislarning ko‘magi zarurligi qayd etiladi.

Yangiliklar lentasi
0