Samarqandda yirik tadbirkor qamoqqa olindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Umar" kompaniya qurgan uylarning buzilishi haqidagi gap-so‘zlardan sarosimaga tushgan buyurtmachilar, bergan pullarini qaytarishni talab qila boshlagan.

TOShKENT, 14fev – Sputnik. Samarqandda quruvchilik faoliyati bilan taniqli bo‘lgan «Umar» qurilish kompaniyasi rahbari, yirik tadbirkor Umar Rajabov, uning o‘g‘li va unga aloqador bo‘lgan boshqa rahbarlar ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qilmoqda Daryo nashri.

"Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi hozircha rasmiy ma’lumot bermadi, lekin ehtiyot chora sifatida ularni qamoqqa olindi", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Umar” qurilish kompaniyasining uylari atrofidagi mojarolar ikki yildan beri davom etayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kompaniya qurgan uylarning buzilishi haqidagi gap-so‘zlardan sarosimaga tushgan buyurtmachilar, ya’ni uyga pul to‘lagan odamlarning ayrimlari bergan pullarini qaytarishni talab qila boshlagan.

Ana shunday shikoyat xatlari asosida viloyat prokuraturasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3, 4-bandlarida (firibgarlik) ko‘zda tutilgan katta miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda ayblamoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Umar Rajabov «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» MChJni ta’sis etib, norasmiy ravishda boshqarib kelib, Fayzullo Fayziyev, Shavkat Ablaqulov, Ruslan Rajabov va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, jamiyatga Samarqand shahrining tegishli qismlarida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, fuqarolar N.K., Ch.A., R.A. ko‘rsatilgan manzilga ko‘p qavatli uy-joy qurishini aytib, ularni aldab, firibgarlik yo‘li bilan 900 million so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘ini ko‘lga kiritgan.

© DaryoDoma postroyennie kompaniyey "Umar"
Samarqandda yirik tadbirkor qamoqqa olindi - Sputnik O‘zbekiston
Doma postroyennie kompaniyey "Umar"
Yangiliklar lentasi
0