O‘zbekistonlik oddiy askar Azimov Afg‘onistonning bitmas jarohati haqida

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishVivod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana
Vivod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1989 yil 15-fevralda sovet qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etgan

TOShKENT, 14 fev - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Afg‘onistonga jalb qilingan o‘zbekistonliklar soni 65 ming nafarni tashkil etadi. Jangchilarning 1520 nafari halok bo‘lgan, 2,5 mingga yaqini og‘ir tan jarohatlarini olganlar.

Predsedatel obyedineniya VETERAN Tal’at Muradov - Sputnik O‘zbekiston
Muradov: O‘zbekiston Afg‘oniston uchun Angliya, AQSh va SSSR berolmagan narsani bergan

Afg‘onistonda xizmat qilgan va hatto, asir tushishiga oz qolgan o‘zbekistonlik Dilmurat Azimov o‘sha yillar haqidagi xotiralarini Sputnik muxbiriga gapirib berdi.

Urush bo‘lmasa bu yerda bir kun ham qolmas edik - Qobuldagi o‘zbek oilasi

- Aytingchi, Afg‘onistonga qanday va qachon borib qolgansiz?

- O‘shanda 1988-yil may oyida Samarqandda harbiy xizmatni o‘tayotgan edim. Harbiy chastda sportsmen gavdaga ega yigitlarni Afg‘onistonga xizmat qilishga chaqirishgan. Aytishlaricha, harbiy xizmatchilar orasida musulmonlar batalonini yig‘ish kerak bo‘lgan va bunga asosan turkman, tojik, o‘zbek yigitlarini jalb qilishgan. Bizning harbiy qismdan 10 kishi tanlab olingan, shular orasida men ham bor edim. Afg‘onistonda xizmat qilganlar orasida harbiy qismdan ham vakillar bo‘lsa "bu bizning faxrimiz bo‘ladi", deyilgan. O‘sha vaqtda Afg‘onistonda xizmat qilib kelishga ketgan va qaytganlar haqida ko‘p eshitar edim. Nimaiki bo‘lsa, peshonamdan ko‘raman, deya qolishga harakat ham qilmaganman.

Biz oilada besh nafar farzand, otam vafot etgan edi. Onamlarga qo‘ng‘iroq qilib "Onajon, men Afg‘onistonga ketayapman", deya aytganimda onam jim bo‘lib qolganlar. Ko‘z yosh to‘kayotganlarini his qilganman. "Menga ishonsangiz, bas. Opa-ukalarimni asrab-avaylang", deya olganman, xolos.

Ordena s brilliantami vruchili otlichivshimsya uzbekskim veteranam-internatsionalistam - Sputnik O‘zbekiston
Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afg‘on-jangchilari taqdirlandi

- Afg‘onistonga borganingizda, qanday vazifani bajargansiz?

- Avvaliga harbiy havo kuchlarini yoqilg‘i bilan ta’minlash ishlarini bajarar edim. U yerda chaqqon harakatlarimni ko‘rib, meni Harbiy Havo kuchlarining yong‘in xavfsizligi komandasiga olishgan. Kechasi bilan naradda turar edik, samolyotlar uchganida yoki qo‘nganida xavfsizligini ta’minlardik. 1988-yil oxiri edi. Kunlarning birida yonayotgan holatda kelib qo‘ngan samolyotni o‘chirayotganimizda, kerosin baki portlagan va men jarohatlanganman. 1989-yil fevral o‘rtalarida baribir chiqamiz, degan fikrda meni uyga yuborishmagan, harbiy gospitalda davolanganman. 1989-yil boshida elektr stansiyaga ishlashni boshladim. O‘sha vaqtda elektr stansiyani Afg‘onistonning demokratlariga topshirgan edik. Stansiyaga rahbarlik qilayotgan afg‘onistonlik demokrat, meni "shu yerda qol, uylanasan, tinchlik bo‘lganida uyingga ham borib kelishing mumkin", deb Afg‘onistonda qolishga undagan. Yo‘q, deganimdan so‘ng bir guruh bo‘lib, men bilan yana to‘rt harbiyga hamla qilib, bizni mashinaga ortishgan va qandaydir angarga olib borib, qamab qo‘yganlar. Eshikni tirqishidan baqirganman. Xusniddin ismli toshkentlik o‘rtog‘im tufayli biz omon qolib, harbiy qismga qaytishga muvaffaq bo‘lganmiz.

- Vatanga qaytgach, hayotda o‘z o‘rningizni topish masalasi qanday kechdi?

Ruslan Aushev - Sputnik O‘zbekiston
Ruslan Aushev O‘zbekistonning yangi nafasi va Afg‘onistondagi urush haqida - eksklyuziv

- Armiyaga borgunga qadar yer o‘lchovchilik sohasida o‘qir edim. Afg‘onistonda xizmatdan qaytgach, biz (afg‘on dangchilari, tahr.) uchun istalgan oliygohlar eshiklari ochiq edi. Yuridika sohasini tanladim, ammo harbiy xizmat sog‘lig‘imga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan ekan, kitob o‘qisam, yoki leksiyalar davomida boshimda qattiq og‘riq turar edi, shu bois o‘qishni tashlashga majbur bo‘lganman. Keyin oshpazlik bilan shug‘ullandim.

- Hayotingizni Afg‘oniston bilan bog‘laganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Hech qachon. Vatan xizmatida bo‘lish har bir mardning muqaddas burchi, deb bilaman.

General Aushev O‘zbekiston amaldorlaridan nimani so‘radi?

Garchi o‘zi bu haqda gapirishni xushlamasa-da, intervyu davomida bilib olganimiz: bugungi kunda Dilmurat Azimovga o‘pka kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Afg‘on veterani oila boshlig‘i sifatida hatto eng so‘nggi umidi - oshpazlik kasbi bilan shug‘ullanishdan ham mahrum bo‘lgan. Hozirgi kunda Azimov (yuqumli kasallik tashuvchisi sifatida) o‘z oilasidan ayro yashashga majbur. Baynalminal jangchi alohida boshpanasi yo‘qligi bois, hozirgi kunda vaqtinchalik qarindoshining uyida yashab turibdi. Mutasaddi tashkilotlarga 10-yildan beri qilayotgan murojaati esa javobsiz qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0