TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Bugun, 15 fevral kuni Stokgolm sudi Telia telekommunikatsiya kompaniyasining uch nafar sobiq rahbarlaridan ayblovlarni olib tashladi. Bu haqda RIA Novosti SVT telekanaliga asosan xabar qildi.
2007-2010 yillar mobaynida Telia Sonera sobiq direktori Lars Nyuberg va sobiq direktor oʻrinbosari Tero Kivisaari va kompaniyaning yuristi pora berishda gumonlangan.
Ekspertlar tomonidan pora miqdori 300 million yevro atrofida baholangandi.
Prokuratura organlari tomonidan Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatiga ega boʻlish maqsadida ular Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumon qilingan edi.
“Kompaniyaning uch nafar rahbarlaridan barcha bandlar boʻyicha ayblovlar olib tashlandi”, - dedi sud vakili.
Uning soʻzlariga koʻra, prokuratura Gulnora Karimova pozitsiyasida telekommunikatsiya sohasiga bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish vakolati boʻlganligini isbotlab bera olmadi.