TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Moskvada sevishganlar kuni kechasi ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi, deb xabar qildi REN TV.
Voqea Moskvaning janubiy-sharqiy qismida joylashgan restoranda sodir boʻldi.
Mushtlashuvda 100 kishi ishtirok etdi. Voqeaga guvoh boʻlgan shaxslar soʻzlariga koʻra, bu hodisada 50 ortiq marta oʻq uzildi.
Xabarda aytilishicha, hodisa “Neolit” restoranida boshlandi. Shu kuni bu restoranda katta tadbir oʻtkazish rejalashtirilgandi.
Restoran xodimlarining soʻzlariga koʻra, restoran egasi Yashar Aliyevga hujum qilish rejalashtirilgan.