TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Ozarbayjonlik xonanda Emin 7 mart kuni Toshkentda kontsert beradi. Bu haqda Afisha.uz. xabar qildi.
Kontsert “Xalqlar doʻstligi” saroyida oʻtkaziladi. Muxlislar qoʻshiqchining xit qoʻshiqlarini tinglashi mumkin.
Chipta narxi: 70 mingdan 1,1 million soʻmgacha.
Emin Agalarov qoʻshiqlar muallifi, xonanda, ishbilarmon, Ozarbayjon xalq artisti, ishbilarmon va Crocus Group kompaniyasi birinchi vitse-prezidenti hisoblanadi.