Dunyoda

Tojikiston yanada koʻproq alyuminiy ishlab chiqaradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZavod spetstexniki “Talko-Krantas”
Zavod spetstexniki “Talko-Krantas” - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Neʼmatullo Xikmatullozodaning soʻzlariga koʻra, respublikada alyuminiy ishlab chiqarish hajmini 95,8 ming tonnadan 149 ming tonnagacha koʻpaytirish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Tojikiston 2019 yilda alyuminiy ishlab chiqarish hajmini 1,6 baravarga koʻpaytirmoqchi. Bu haqda Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Neʼmatullo Xikmatullozoda matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Gazovaya plita - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tojikiston Oʻzbekistondan gaz sotib olishni 4 baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

Amaldorning soʻzlariga koʻra, shu yilda 149 ming tonnaga alyuminiy ishlab chiqariladi.

2018 yilda respublikada 96 ming tonna ishlab chiqarilgan.

“Biz alyuminiy ishlab chiqarish hajmini 149 ming tonnagacha yetkazmoqchimiz. Bu oʻtgan yilga nisbatan 53,1 ming tonnaga koʻpdir”, - dedi vazir.

Uning soʻzlariga koʻra, 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 7,2 ming tonna kamroq ishlab chiqarildi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, asbob-uskunalar eskirganligi va texnologik muammolar sababli ishlab chiqarish hajmi kamaygandi.

“2018 yilda 199 million dollarlik 95 ming tonna alyuminiy eksport qilindi. Metalning 80 foizi Turkiyaga sotildi”, - deb qoʻshimcha qildi Xikmatullozoda.

Yangiliklar lentasi
0