Jamiyat

Oʻzbekistonda Akfa universiteti tashkil etiladi

© Akfa MedlineMeditsinskiy kompleks Akfa Medline
Meditsinskiy kompleks Akfa Medline - Sputnik Oʻzbekiston
Akfa universitetda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Akfa universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Studentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Test sinovlarida jiddiy oʻzgarishlar: prezident qarori loyihasi tayyorlandi

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qaror bilan tashkil etilgan Akfa universitetda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda taʼlim jarayoni ingliz tilida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda taʼlim olish toʻlov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot sifatida eʼtirof etiladigan diplom beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala