Jamiyat

Sirdaryo Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomashinalari topshirildi

© Mansur Abdusattarov (Xalq bilan muloqot / Dialog s narodom)Rukovoditelyam Narodnoy Priyemnoy Sыrdarinskoy oblasti podarili slujebnыe mashinы
Rukovoditelyam Narodnoy Priyemnoy Sыrdarinskoy oblasti podarili slujebnыe mashinы - Sputnik Oʻzbekiston
Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.

Tadbirda xalq qabulxonalari bugungi kunda aholi muammolarini oʻrganish va ularning yechimlari topishda samarali tizimni yoʻlga qoʻygani bois fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda ovoragarchiliklarning kamaygani, bundan tashqari tizimga koʻplab mutasaddi tashkilotlar vakillarining jalb etilgani sababli murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgani taʼkidlandi.

Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Qoʻldoshev Xolmirzaning soʻzlariga koʻra, prezidentning joriy yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmoniga koʻra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini oʻrganish, tahlil qilish hamda sektorlar faoliyatini nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi.

“Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham taʼminlanishi koʻzda tutilgan edi. Mana bugun “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalarini qabul qilib oldik. Albatta bu ragʻbat zimmamizdagi masʼuliyatni yanada oshiradi. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u yerdagi aholi muammolarini atroflicha oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi”, – deydi Sirdaryo viloyati Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Qoʻldoshev Xolmirza.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala