Jamiyat

Harbiy sportchilar “Toshkent dengizi”da master-klass oʻtkazishdi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaSportsmenы mejdunarodnogo klassa proveli master-klass dlya voyennoslujaщix v "Tashkentskom more"
Sportsmenы mejdunarodnogo klassa proveli master-klass dlya voyennoslujaщix v Tashkentskom more - Sputnik Oʻzbekiston
Kursant va talabalarga baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha halqaro toifadagi sport ustalari tomonidan master-klass mashgʻulotlari oʻtkazildi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Tuyaboʻgʻiz suv omborida joylashgan Mudofaa vazirligi sport klubi bazasida Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari hamda Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji talabalari uchun baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha halqaro toifadagi sport ustalari tomonidan master-klass mashgʻulotlari oʻtkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Strategiya vыjivaniya posle avarii v gorax - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish boʻyicha mashgʻulot oʻtkazdi

Mashgʻulotlar davomida yoshlarga baydarka va kanoeda eshkak eshish usullari amalda koʻrsatib berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga suv sportining turlari, kelib chiqish tarixi, bugungi istiqboli hamda jahon arenasida mamlakatimiz harbiy baydarkachilari erishgan yutuqlari haqida ham koʻplab qiziqarli maʼlumotlar aytib oʻtildi.

Ayniqsa, Jahon kubogi sovrindori, koʻplab halqaro musobaqalar ishtirokchisi, navbatdagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan irodali parakanoechi Azizbek Abduhabibov bilan suhbat yoshlarda alohida qiziqish uygʻotdi.

Tadbir soʻngida mazkur sport turi bilan shugʻullanish istagidagi yoshlar sport klubi toʻgaragiga shu yerning oʻzida aʼzo boʻlishdi.

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaSportsmenы mejdunarodnogo klassa proveli master-klass dlya voyennoslujaщix v "Tashkentskom more"
Harbiy sportchilar “Toshkent dengizi”da master-klass oʻtkazishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Sportsmenы mejdunarodnogo klassa proveli master-klass dlya voyennoslujaщix v "Tashkentskom more"

Maʼlumot oʻrnida, 2018 yil mobaynida sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish turi boʻyicha 35 ta halqaro toifadagi musobaqalar oʻtkazilgan.

Mazkur nufuzli chempionatda Mudofaa vazirligi sport klubi aʼzolari tomonidan 15 ta oltin, 16 ta kumush hamda 4 ta bronza medallari qoʻlga kiritilgan. Respublika miqyosida oʻtkazilgan 103 ta sport musobaqalarida harbiy sportchilar 55 marotaba birinchi pogʻonani band etgan boʻlsa, 20 marotaba ikkinchi hamda 28 marotaba uchunchi oʻrinlarni egallagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala