Dunyoda

Afrikalik kuyov Yoqutistonda qanday yashamoqda

© Foto iz lichnogo arxivaMark Babatunde - uchitel iz Yakutii
Mark Babatunde - uchitel iz Yakutii - Sputnik Oʻzbekiston
Nigeriyalik Mark Babatunde Yoqutistonning -50 darajali sovuqlariga qanday chidamoqda?

TOSHKENT, 17 fev - Sputnik. Rossiyaning Uzoq Sharq oʻlkasi shimolida, Lena daryosi boʻyida Oy qishlogʻi joylashgan. Bu yerda yilning 9 oyida quyosh koʻrinmaydi. Qishda esa odatiy havo harorati –30 – 50 daraja sovuq boʻladi.

Mahalliy aholi uchun bu yerda qalin kiyinib, yuz-quloqlarigacha issiq oʻralib olgan Mark Babatundeni uchratish - odatiy holga aylanib qolgan, deb yozadi Mariya Savelyeva.

© Foto iz lichnogo arxivaMark Babatunde - uchitel iz Yakutii
Afrikalik kuyov Yoqutistonda qanday yashamoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Mark Babatunde - uchitel iz Yakutii

Mark Yoqutistonga vaqtinchalik kelgan mehmon emas u shu yerda doimiy yashaydi va ushbu oʻlkani yaxshi koʻradi. U asli Afrikaning Nigeriya davlatida tugʻilib oʻsgan. Keyin Xitoyga oʻqishga borib u yerda yoqutistonlik talaba – Natalyani yaxshi koʻrib qolgan.

Bir necha yil oʻtib ular Yoqutistonga koʻchib kelishadi va shu yerda uylanishdi. Hozir Babatundelar oilasining 3 ta farzandi bor. Kattasi Enjel – 13 yoshda, Ariy – 9 va kenja Ameliya – 4 yoshda. Mark turmush oʻrtogʻini va bolalarini juda sevadi.

“Endi kelgan vaqtlarimda koʻchada odamlar meni koʻrganida hayron boʻlishardi, birga rasmga tushaylik deb iltimos qilishlardi. Hamma qayerdan kelib qolganim bilan qiziqardi. Hozir esa oʻrganib qolishgan. Bu yerda odamlar juda xushkoʻngil. Menda hech qanday muammo boʻlmagan”, - deydi Mark Babatunde.  

Uning soʻzlariga koʻra, afrika va yoqutiston urf odatlarida oʻxshash joylari koʻp. Bu yerda ham bayramlarda hamma katta dasturxon atrofida jamlanadi.

© Foto iz lichnogo arxivaMark Babatunde - uchitel iz Yakutii
Afrikalik kuyov Yoqutistonda qanday yashamoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Mark Babatunde - uchitel iz Yakutii

Mark Babatunde 4ta tilni yaxshi biladi: ingliz, rus, xitoy va yoqut tillarida gaplasha oladi. Shu tufayli uni Pokrovsk shaharchasi maktabiga oʻqituvchi sifatida taklif qilishgan. Urda Mark Xitoy v ingliz tillaridan dars beradi.

“Bu yerlar bunchalik sovuq deb oʻylamagan edim. Lekin hozir ancha oʻrganib qoldim. Asosiysi – ob-havoga qarab kiyinish kerak, yaxshi ovqatlanish kerak. Kasal boʻlish qimmatga tushadi”, - deydi Mark.

Uning rafiqasi Natalya aytishiga qaraganda, Mark haligacha mahalliy ovqatlarga oʻrgana olmagan. Muzlatilgan yoki xom goʻshtni yesa-da, suyuq ovqatlarni - ovqat hisoblamaydi. Chunki Afrikada birinchi ovqat qayla (podlivaga) oʻxshab, juda quyuq boʻlarkan, deydi Natalya.

© Sputnik / V. Yakovlev / Fotobankka oʻtishYakutiya zimoy
Afrikalik kuyov Yoqutistonda qanday yashamoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Yakutiya zimoy
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala