Milliy universitet va Texnika universiteti hech qayerga ko‘chirilmaydi - hokim

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishZdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente.
Zdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Universitetlar shahar tashqarisiga ko‘chirilishi haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib chiqdi.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Kecha Toshkent shahar hokimligida poytaxtning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan “Bugun - qurilish, ertga – tarix” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka - Sputnik O‘zbekiston
Milliy universitet hududida obodonlashtirish boshlandi

Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘zga chiqib Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetlarining shahardan tashqariga ko‘chirilishi haqida ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan ma’lumotlar orqali xabar topganini, bu gap-so‘zlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

Biroz oldin ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahridagi ikkita oliy ta’lim muassasasi shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin, degan xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Majlisda xabar berilishiga ko‘ra, o‘tgan yili Toshkent shahrida 3200 ta bo‘sh turgan bino aniqlangan. Bugungi kundan ulardan 2 mingdan ortig‘ida mulk egalari ish boshlagan. Shaharning aholisi zich yashayotgan Shayxontohur, Olmazor tumanlarida yangi ishlab chiqarish korxonalarini yaratish uchun joy masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun, Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismidan 40 gektar yer maydoni texnoparklarni barpo etish maqsadida ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0