Jahongir Ortiqxo‘jayev yangi uylar qurilishida eng katta muammoni aytdi

© Xokimiyat TashkentaDialog xokimiyata s jitelyami Tashkenta
Dialog xokimiyata s jitelyami Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokim so‘zlariga ko‘ra - eski uylarda yashovchi aholining 60 %i berilgan kompensatsiyani olib ko‘chishga rozi bo‘lsa, qolgani qarshi bo‘lmoqda.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Kecha Toshkent shahar hokimligida poytaxtning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan “Bugun - qurilish, ertga – tarix” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Jahongir Ortiqxo‘jayev shaharda yangi uylar qurilishi davomida hokimiyat duch kelayotgan eng katta muammolarni aytib o‘tdi.

– Uylari buzilish rejasiga tushgan aholining 60 foizi berilgan kompensatsiyani olib, boshqa joyga ko‘chib ketishga rozi, biroq qolganlari o‘z uyidan ko‘chib ketishni istamaydi, – dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev. – Vaholanki, biz ularning har biriga hozirgi yashab turgan joyidan ham yaxshiroq joyni taklif qilib chiqayapmiz. Maqsadimiz aholini rozi qilish. Fuqarolarimiz poytaxtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘g‘ri tushunishini istardik, deb Ortiqxo‘jayevning so‘zlarini keltiradi O‘zA.

Majlisda xabar berilishiga ko‘ra, bugun poytaxtda 750 mingta oila yashaydi. Ulardan 150 mingtasining uyga ehtiyoji bor. Shuni hisobga olgan holda Toshkentda 2019-yilda 20 mingta xonadon qurilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0