Markaziy Osiyoda xavfsizlikka bag‘ishlangan konferensiyada kimlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Pavel LisisinGeneralnoe konsulstvo Respubliki Uzbekistan v Yekaterinburge.
Generalnoe konsulstvo Respubliki Uzbekistan v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda "Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar" mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada 130 ga yaqin ekspertlar ishtirok etadi.

TOShKENT, 18 fev - Sputnik. Toshkentda 2019-yilning 19-20 bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada 130 ga yaqin xorijiy ekspertlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi, O‘zbekiston TIV xabariga asosan. 

"Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar" mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada 36 ta mamlakat, 9 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, 71 ta tahliliy tuzilmalar, 18 ta davlat tashkilotlari va parlamentlar vakillari ishtirok  etishi ma’lum bo‘ldi. 

Konferensiya plenar va seksion majlislar shaklida o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Majlislarda ekspertlar tomonidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv va ekologiya, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Konferensiyaning hamtashkilotchisi, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German tadbirda nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Forumda, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian, Jahon savdo tashkiloti bosh direktorining o‘rinbosari Alan Vulf, AQSh tashqi siyosat kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr, Xitoy hozirgi xalqaro aloqalar akademiyasi prezidenti Szi Chjie, Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Kamil Siddiqiy va mintaqa muammosiga ixtisoslashgan boshqa nufuzli ekspertlar va tahlilchilar ishtirok etadilar.

 

Yangiliklar lentasi
0