Toshkent temir yo‘l vokzallarida bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZal ojidaniya vokzala Tashkent-Yujniy
Zal ojidaniya vokzala Tashkent-Yujniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Wi-Fi᾽dan bepul foydalanish belgilangan vaqt ichida amal qiladi, so‘ng lozim bo‘lsa to‘lov tizimlari orqali kerakli pul o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi.

TOShKENT, 18 fev - Sputnik. “Toshkent-Markaziy” va “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzallarida tezligi 100 Mb/s bo‘lgan bepul Internet Wi-Fi xizmati tashkil etildi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu xizmat bosqichma-bosqich amalga oshirilib, kelgusida O‘zbekistondagi barcha vokzallarda joriy etiladi.

Tochki dostupa Wi-Fi-interneta v publichnix mestax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Wi-Fi dan foydalanish nuqtalari yanada ko‘payadi

Ushbu xizmat vokzal hududida joylashgan va har qanday uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar erkin foydalanishlari mumkin. Temir yo‘l chiptasi bor xorijlik sayyohlar uchun esa, maxsus vaucher hamda bepul Internetga kirish imkoni beriladi.

Bundan tashqari, Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ham mazkur Wi-Fi texnologiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud. Oliygoh talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun 70 ta Internetga ulanish nuqtasi joriy etilgan.

Aytish joizki, Wi-Fi᾽dan bepul foydalanish belgilangan vaqt ichida amal qiladi, so‘ng lozim bo‘lsa to‘lov tizimlari orqali kerakli pul o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekiston internet tezligi reytingida o‘tgan yilga nisbatan mobil internet bo‘yicha 18 pog‘ona, simli internet bo‘yicha esa 23 pog‘ona pastga tushgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0