Iqtisod

Oʻzbekiston havo yoʻllari yaqin vaqt ichida ulkan qarz toʻlashi kerak – IFC

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDreamliner uzbekskix avialiniy
Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston havo yoʻllarini nimalar kutmoqda - Xalqaro moliya korporatsiyasining hisoboti eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviapark va infratuzilmani yangilash uchun ulkan qarzlar olgan va ulani yaqinda toʻlashi kerak boʻladi deb xabar qilmoqda Jahon Bankining Xalqaro Moliya korporatsiyasi (IFC), RIA Novosti xabariga asosan.

Milliy aviakompaniya yaqin vaqt ichida ulkan qarzdorlik krizisiga duch keladi va ushbu muammo “tezlik bilan hal qilinishi kerak”,- deyilgan dushanba kuni eʼlon qilgan IFC hisobotida.

IFC mutaxassislari fikriga koʻra, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” sarmoyalardan toʻgʻri foydalangan holda oʻsib borayotgan va raqobatli bozorda mustahkam oʻrnashib olishi mumkin edi. Shu oʻrinda moliya tashkiloti davlatga tegishli boʻlgan lekin muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Emirates Airlines va Singapore Airlines kompaniyalarini misol qilib koʻrsatdi.

Boeing 787 Dreamliner aviakompanii Uzbekiston xavo uyllari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
2020 yilda Oʻzbekiston Havo yoʻllari 6ta Dreamliner samolyotiga ega boʻladi

Hisobotda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonda aviakompaniya, aeroportlar va dispetcherlik xizmatlarni bir-biridan ajratish hamda soha boshqaruvchisini mustaqil belgilash – eng muhim islohotga aylanishi kerak.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari”  2018 yilning moliyaviy natijalarini eʼlon qilgani yoʻq. “Ayni damda sohada muhim tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda” dedi kompaniya vakili RIA Novosti muxbirining savoliga javoban.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston havo yoʻllari 2021 yilga kelib foydalanilayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarining sonini 3tadan 6tagacha oshirishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston havo yoʻllari aviaparkida 30ta gʻarb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan samolyotlar mavjud. Parvozlar Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq, Osiyo va MDHning 40ta shaharlariga amalga oshiriladi.

2021 yilga kelib aviakompaniya yoʻlovchilar oqimini 3,3 millionga oshirishni rejalashtirgan. 2018 yilda yoʻlovchilar soni 3 million kishi boʻlgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala