Dunyoda

Dunyoning eng yaxshi 20 ta smartfoni maʼlum qilindi

Mutaxassislar soʻnggi yillarda sotuvga chiqarilgan smartfonlarning 20 ta eng yaxshi modelini aniqlashdi.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Ekspertlar soʻnggi yillarda sotuvga chiqarilgan smartfonlarning 20 ta eng yaxshi modelini aniqlashdi. Reyting Business Insider nashri saytida eʼlon qilindi.

1-oʻringa Xitoyning OnePlus 6T smartfoni loyiq deb topildi. Mutaxassislar uning dizayni, suratga olish sifati, Android operatsion tizimida ilovalarning sifatli ishlashi hamda  quvvatli akkumulyatorini alohida qayd etishdi.

Messendjer Telegram mojet bыt zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Internet foydalanuvchilarining shaxsi telefon raqami orqali aniqlanadi

2-oʻrinni Apple iPhone XR egalladi. Reytingdagi 3-pogʻonani Google Pixel 3 va Pixel 3 XL smartfonlari oʻzaro boʻlishib olishdi.

Roʻyxatga Samsung modelining bir nechta smartfoni kiritilgan. Reytingning 4- va 5-oʻrinlarga Samsung Galaxy Note9 va iPhone XS hamda iPhone XS Max kiritilgan.

Reytingda quyidagi smartfonlar ham oʻrin olgan: LG V40, iPhone X, Samsung Galaxy S9 Plus, iPhone 8 Plus, Samsung Galaxy S9, Huawei Mate 20 Pro, iPhone 8, LG G7, Razer Phone 2, HTC U12+, Galaxy S8 va S8 Plus, iPhone 7 Plus, Motorola Moto G6, Motorola Moto Z3 smartfonlari oʻrin olgan.

Shuningdek, mutaxassislar BlackBerry Key2 – roʻyxatdagi yagona qwerty-tugmachali telefonni (20-oʻrin) eʼtirof etishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala