Dunyoda

Iroqda bir vaqtda tugʻilgan yetti egizak vafot etdi

CC0 / pixabay / Novorojdennыy rebenok
Novorojdennыy rebenok - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq Iroqda 25 yoshli ayol tabiiy yoʻl bilan yetti goʻdak – bir oʻgʻil va olti qiz dunyoga keltirgani maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 19 fev – Sputnik. Iroqning Diyala viloyatida bir vaqtda tugʻilgan yetti chaqaloqning barchasi vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Iroqning “al-Sumaria” telekanali tayanib xabar berdi.

“Bir necha kun avval “Al-Battul” shifoxonasida tugʻilgan yettita goʻdakning barchasi vafot etdi”, - deya maʼlum qilgan telekanalga tibbiyot muassasasidagi manba.

Novorojdennыy rebenok - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyodagi eng keksa ona: hindistonlik ayol 65 yoshida farzandli boʻldi

Telekanal goʻdaklarning oʻlimi yuzasidan batafsil maʼlumotlarni keltirmagan.

Avvalroq Diyala sogʻliqni saqlash departamenti 25 yoshli ayol tabiiy yoʻl bilan yetti goʻdak – bir oʻgʻil va olti qiz dunyoga keltirganini maʼlum qilgan edi.

Diyala viloyati “Al-Battul” shifoxonasi direktori Ali Sharif yetti chaqaloqning tugʻilishini Iroq uchun “misli koʻrilmagan” voqea deb atagan. Ona va bolalarning ahvoli yaxshi ekaniligi haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala