Jamiyat

Kutubxona, maktablar, istirohat bogʻi: Xovos tumanini qanday oʻzgarishlar kutmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu predstavlenы vajnыe dlya ekonomiki Sыrdarinskoy oblasti proyektы
Shavkatu Mirziyoyevu predstavlenы vajnыe dlya ekonomiki Sыrdarinskoy oblasti proyektы - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻzpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Sirdaryo viloyatida 32 ta tikuvchilik majmualari tashkil etish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga tashrif buyurib, Xovos shaharchasining bosh rejasi bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, M-39 avtomobil yoʻli boʻyidagi 42 gektar hududda kompleks qurilish ishlari loyihalashtirilgan. Unga muvofiq, bu yerda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari binolari, davlat xizmatlari agentligi, tijorat banklari, turar joylar, maktablar, istirohat bogʻi, xotira maydoni, kinoteatr, kutubxona, masjid, bozor, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari quriladi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 19 fevralya pribыl v Sыrdarinskiy rayon Sыrdarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Sirdaryoga tashrif buyurdi

“Yoʻl infratuzilmasi rivojlantirilib, aholi va transportlar uchun qulayliklar yaratiladi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Oʻzpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Sirdaryo viloyatida 32 ta tikuvchilik majmualari tashkil etish rejalashtirilgan. Bu tsexlar asosan kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga moʻljallangan boʻlib, jami 4 ming 200 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala