Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi

© Agentstvo novostey "Podrobno.uz"Bobir Abubakirov - zamestitel predsedatelya Sentralnogo banka Uzbekistana
Bobir Abubakirov - zamestitel predsedatelya Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U shu kungacha Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Bobir Abubakirov Yuldashovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Bobir Abubakirov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 18-fevraldagi PF-5665 sonli farmoniga muvofiq Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Shu kungacha Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bobir Abubakirov bu lavozimda avvalroq “Ipoteka bank” boshqaruvi raisligiga tayinlangan Shuhrat Atabayevning o‘rnini egalladi.

Yangiliklar lentasi
0