Dunyoda

Moskvada pravoslav cherkovi migrantlar bolalari uchun maktab ochdi

© RTSNKRTSNK v Tashkente na otkrыtii klassov russkogo yazыka v Uzbekistane
RTSNK v Tashkente na otkrыtii klassov russkogo yazыka v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Bepul maktabda pedagoglar bolalarga maktabda oʻqishni boshlash hamda maktab programmasini oʻzlashtirishda ham yordam beradi.   

TOSHKENT, 19 fev – Sputnik. Rus pravoslav cherkovi Moskvadagi avliyo Yevfrosinya cherkovi qoshida migrantlar bolalari uchun birinchi bepul maktab ochdi, deb xabar qilmoqda Moskva patriarxati matbuot xizmati.

Rossiya. Moskva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya pravoslav cherkovi Konstantinopol bilan munosabatlarini uzdi

Ushbu oʻquv maskanida professional pedagoglar, logopedlar va koʻngillilar bolalarni maktabda oʻqishni boshlash uchun tayyorlaydi. Shuningdek maktab programmasini oʻzlashtirishda ham yordam beradi.   

“Biz, Moskvada mahalliy aholiga nisbatan kam himoyalangan kishilarga professional xizmat koʻrsatamiz. Tajribali pedagoglar oʻz vazifalariga maʼsuliyat bilan yondashib bolalarni maktabga tayyorlamoqda va alohida fanlardan “yetishib olishga” yordam bermoqda”, - deydi migrantlarga ijtimoiy yordam berish markazi va maktab direktori ruhoniy Dionisiy Grishkov.    

“Migrantlar, koʻp hollarda, mahalliy aholi haqida salbiy fikrda boʻlishadi, lekin biz haqiqiy xudoga ishonuvchi rus xalqi qanday ekanligini koʻrsatmoqchimiz”, - deydi ruhoniy.

Cherkov qoshidagi maktabda uchta yoshga moʻljallangan guruhlar bor. Bugungi kunda umumiy hisobda 16 nafar bolalar tahsil olmoqda. Kelajakda bolalarini imtihonlarga tayyorlash hamda bogʻcha ochish rejasi ham bor. Ushbu kabi maktablar Moskva shahrining turli tumanlarida paydo boʻlishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala