Jamiyat

Ortiqxoʻjayev: Aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi

© SputnikXokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev
Xokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishdi.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va Markaz-1 hamda Markaz-2 hududlarida istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi, deya xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Blagoustroystvo torgovыx tochek, vremennыx konstruktsiy i magazinov v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shahar hokimligi: Toshkent tashqi koʻrinishini tartibga solish vaqti keldi

Xabarda qayd etilishicha, muloqotda shahar hokimi ushbu hududlar aholisi orasida yuzaga kelgan savollarga aniqlik kiritdi. Dastlab hokim aholining oʻz turar joylari, tumanlarida olib borilayotgan qurilishlar haqidagi fikrlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishdi. Toshkent shahar hokimi poytaxtdagi buzilishi ehtimoli boʻlgan hududlardagi ishlarni tashkil etish boʻyicha axborot berdi.

Xususan, bu borada tegishli hududlarda ofislar tashkil etilib, har bir oilaning bu boradagi fikrlari oʻrganilishi maʼlum qilindi. Aholining “bizning uylarimiz buziladimi?” degan savoliga esa “Cizning roziligingizsiz bu ish amalga oshmaydi”, deya taʼkidladi Jahongir Ortiqxoʻjayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala