Dunyoda

“Rezina” tuxumlar Qirgʻizistonga qayerdan olib kelinganligi maʼlum boʻldi

CC0 / pixabay / Yaytso. Illyustrativnoye foto
Yaytso. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston Veterinariya va fitosanitariya boʻyicha davlat inspektsiya rahbari Kalisbek Jumakanov qizgʻin bahsga sabab boʻlgan “rezina” tuxumlar Oʻsh shahriga qayerdan keltirilganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Kuni kecha qizgʻin bahsga sabab boʻlgan “rezina” tuxumlar Oʻsh shahriga Issiqkoʻl viloyatidan keltirilgan, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston  Veterinariya va fitosanitariya boʻyicha davlat inspektsiya rahbari Kalisbek Jumakanovga tayanib.

Jumakanov jurnalistlarga Veterinariya va fitosanitariya boʻyicha davlat inspektsiyasi xizmat tekshiruvini oʻtkazib, video qahramonini topganini maʼlum qildi.

“Erkak tuxumlarni Oʻshdagi “Archa” mini-bozorida xarid qilganini maʼlum qildi. Ushbu tuxumlar Issiqkoʻl viloyatidan keltirilgani aniqlandi. Hammasi ekologik tabiiy, lekin shunga qaramasdan mahsulot tarkibini aniqlash maqsadida uni laboratoriyaga topshirdik ”, - dedi u.

Jumakanov tuxumlar boshqa davlatlardan keltirilganligi haqidagi maʼlumotni rad etdi. Shuningdek, u Issiqkoʻldagi korxonada tekshiruv boshlanganini qoʻshimcha qildi.

Varenoye yaytso - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Qirgʻizistonga "rezina" tuxum yetkazib berilgani haqidagi xabarni rad etdi

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Internetda Qirgʻizistonda “rezina” tuxum paydo boʻlganligi haqidagi xabar qizgʻin muhokama qilindi. Qirgʻiziston fuqarosining soʻzlariga koʻra, pishirilgan tuxum sarigʻi “rezina” boʻlib chiqadi. Uning fikriga koʻra, bu tuxumlar Xitoyda ishlab chiqarilgan. Sputnik Qirgʻiziston agentligi ushbu masala yuzasidan Qirgʻiziston parrandachilik uyushmasi raisi Rustam Osmonaliyevga murojaat qildi. Osmonaliyev uyushmaga bir necha marta kelib chiqishi nomaʼlum va sifati qoniqarsiz boʻlgan tuxumlar Oʻzbekiston hududidan kelayotganligi haqida xabar berilgani haqida maʼlum qiladi. Sputnik Oʻzbekiston agentligi esa oʻz oʻrnida ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston Veterinariya qoʻmitasiga murojaat qildi. Qoʻmitada bu ayblovlarni rad etishdi. Oʻzbekistondan tuxum Afgʻoniston, Tojikiston va Eronga eksport qilinishi, shuningdek, Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga faqat kombikorm, qurt va biogumus oʻgʻit eksport qilinishini maʼlum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala