Rossiyada taʼlim olgan fuqarolarning hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishi kutilmoqda

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaStudentы v auditorii
Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
“Taʼlim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo Bitim” loyihasi ishlab chiqilib, ikki davlat Hukumatlariga taqdim qilingan.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Hozirda Rossiya Federatsiyasida 25 000ga yaqin oʻzbek oʻquvchi-yoshlar taʼlim olmoqda va har yili ular soni oʻrtacha 7500ga oshib bormoqda, deb xabar qildi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi matbuot xizmati.

Vrucheniye diplomov s otlichiyem vыpusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda Oʻzbekistonda xorijiy davlat diplomlari tan olinadi

Xabarda yozilishicha, ikki oy muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Bosh ekspertiza markazi oʻrtasida muzokaralar olib borilib, oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan. Bunda Oʻzbekiston va Rossiya davlatlari oʻrtasida nostrifikatsiya jarayonlarida mavjud elektron maʼlumotlar bazalardan foydalanishga kelishib olindi, bu esa oʻz navbatida mutaxassislar malakasini oshirish, seminarlar oʻtkazish va Rossiya Federatsiyasida tahsil olishni xohlagan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu jarayonni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshligʻi U.Toshkenboyev va Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati mutaxassislari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida “Taʼlim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo Bitim” loyihasi ishlab chiqilib, ikki davlat Hukumatlariga taqdim qilingan. 

“Ushbu bitimning imzolanishi ikki davlat oʻrtasida taʼlim hujjatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishi, yoshlarning bilim olishidagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish (Rossiyada hujjatlarni nostrifikatsiya qilish 45 kungacha vaqt oladi) va ularning har yili taxminan 800 000 AQSH dollari miqdordagi mablagʻlarini tejashni taʼminlaydi”, - deyiladi xabarda.

Zdaniye Astraxanskogo texnicheskogo universiteta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yana bir xorijiy oliygohning filiali ochiladi

Taʼlim muassasalarini akkreditatsiyasi boʻyicha tajriba almashilib, akkreditatsiya jarayoniga ekspertlarni tanlab olish va jalb etishda Rossiya tajribasidan foydalanish, ikki mamlakat oʻrtasida ekspertlarni oʻzaro almashish orqali akkreditatsiya jarayonlarini birgalikda oʻtkazish hamda qoʻshma akkreditatsiyalangan oliy taʼlim muassasalari filiallari va qoʻshma dasturlarini toʻgʻridan-toʻgʻri tan olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 2019 yil 1 martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) tartibi joriy etilishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala