Jamiyat

TIV Moskvada oʻzbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv boʻyicha rasmiy bayonot berdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishPolitsiya
Politsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva shahrida oʻzbekistonliklar ishtirokida sodir boʻlgan hodisa oqibatida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Oʻzbekiston TIV  Rossiya poytaxti Moskva shahrida 17 fevral kuni Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan fojia boʻyicha rasmiy bayonot berdi.

Politsiya i skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Moskvadagi mushtlashuvda 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

“Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan maʼlumotlarga koʻra, 2019 yilning 17 fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir boʻlgan hodisa oqibatida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan. Tergov qoʻmitasining Moskva shahri boʻyicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida (qasddan sogʻlikka oʻlimga olib keluvchi ogʻir jarohat yetkazish) asosida jinoyat ishi ochildi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Hodisa oqibatida halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari:

1.      Nusratov Nodirbek Gʻulomqodirovich, 1989 yil 29 oktyabrda tugʻilgan;

2.      Nusratov Otabek, 1987 yil 24 oktyabrda tugʻilgan.

Elchixona konsullik boʻlimi Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa oʻrnatdi va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq  Moskvada 10 nafar Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida boʻlib oʻtgan mushtlashuv oqibatida 2 kishi qurbon boʻlgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala