Hodisalar

Oʻzbekistonda 8-sinf oʻquvchisi 11,3 million soʻm oʻgʻirlaganlikda gumonlanmoqda

© Sputnik / Sergey Venyavsky / Fotobankka oʻtishBorba s prestupnostyu
Borba s prestupnostyu - Sputnik Oʻzbekiston
Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro doʻkoniga deraza oynasini sindirish yoʻli bilan kirib, u yerdan 11,3 mln soʻm va “Samsung” rusumli mobil telefonini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda 8-sinf oʻquvchisi 11,3 million soʻm va mobil telefon oʻgʻirlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Mujchina imitiruyet vskrыtiye avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqand viloyatida bosqinchi guruh qoʻlga olindi

“2018 yil 6 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi N.A. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yil 16 noyabrga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs uning Navobod qishlogʻida joylashgan doʻkoniga deraza oynasini sindirish yoʻli bilan kirib, u yerdan 11 300 000 soʻm puli va “Samsung” rusumli mobil telefonini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navobod qishlogʻida yashovchi, 21-sonli oʻrta maktabning 8-sinf oʻquvchisi sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala