Jamiyat

Oʻzbekistonda bolalar ot sporti maktablari tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishMejdunarodnыy konnыy turnir
Mejdunarodnыy konnыy turnir  - Sputnik Oʻzbekiston
Bolalar va oʻsmirlar ot sporti maktablari ippodromlar va boʻsh turgan davlat obʼyektlari hududida tashkil etiladi.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda ot sportini rivojlantirish boʻyicha prezident qarori imzolandi.

Feruz Abdullayev - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Ot sporti federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

Ushbu qarorga asosan  2019-2020 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-oʻsmirlar ot sporti maktablarini (keyingi oʻrinlarda – bolalar-oʻsmirlar ot sporti maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion selektsiya-genetika markazini (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tashkil etiladi.

Bolalar va oʻsmirlar ot sporti maktablari birinchi navbatda ippodromlar hududida tashkil etiladi.

Skachki na priz prezidenta RF - 2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ot sporti va zotdor otlar yetishtirish boʻyicha prezident qarori

Shuningdek, ot sporti maktablari uchun boʻsh turgan yer uchastkalari va davlat koʻchmas mulk obʼyektlaridan ham foydalaniladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda ot sportini rivojlantirish boʻyicha koʻplab ishlar amlaga oshirilmoqda. Xususan, yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil etilgan.

Undan tashqari Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida Qorabayir zotli otlarini,  Toshkent viloyatida Axaltaka zotli va sport otlarini yetishtirish va koʻpaytirish majmualari tashkil etilgan.

Prezident qarorining toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader