TOSHKENT, 20 fev – Sputnik. Ertaga, 21 fevral kuni AQSH markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) rahbari Jozef Votel Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari shtab boshliqlari bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Toshkentda boʻlib oʻtadigan uchrashuvga Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirgʻiziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻining birinchi oʻrinbosari ishtirok etadi.
Anjumanda Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiber jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilinadi.
Oʻzbekistondan anjumanda Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ishtirok etadi.
Tadbir doirasida delegatsiya rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari oʻtkazish, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi oʻquv jarayoni bilan tanishish, Xasti Imom majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.