Dunyoda

Zaxarova NATOning Putin murojaatnomasiga munosabatini “asabiy” deb baholadi

Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yigʻinga yoʻllagan yillik murojaatnomasida AQSH Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻridagi shartnomani buzayotganini haqida toʻxtalib oʻtgan edi.

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova oʻzining Facebook᾽dagi sahifasida NATOning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal yigʻinga yoʻllagan murojaatnomasiga boʻlgan munosabatini kinoya bilan izohladi.

Rossiya yetakchisi Amerika yadro quroli Yevropada joylashtirilsa, Rossiya ham bunga mos javob qaytarishini maʼlum qildi. NATO rasmiy vakilining oʻrinbosari Pirs Kazalet “Rossiyaning ittifoqchilarini nishonga olish tahdidi haqidagi bayonoti”ni muvofiq kelmaydigan deb atadi. Shuningdek, NATO yangi qurollanish poygasini xohlamasligini qoʻshimcha qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Yejegodnoye poslaniye prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya oʻz raketalarni AQShga yoʻnaltiradi - Putin

“Nega darrov asabiylashish kerak. Roppa-rosa bir yil oldin gʻarbdagi sheriklar eng yangi turdagi qurollar “rus multiklari”dan qoʻrqmasa ham boʻladi, bu barchasi Kremlning uydurmasi, deb bir-biriga gal bermay maʼlum qilishgandi. Endi esa birdagina “obʼyektivda” ekanliklarini “tushunib”,  hattoki, u nimaga biriktirib qoʻyilganini ham “fahmlay” boshlashdimi?, - deya yozgan Zaxarova. – Nahotki, NATO kengaytirilishi, AQShning raketa qarshi mudofaadan chiqishi, Amerika harbiy qismlarining Yevropada koʻpayishi va Gʻarbning suveren davlatlarning ichki ishlariga tez-tez aralashishidan keyin ham ular bilan selfi tushishimizni oʻylashgan boʻlsa”.

TIV rasmiy vakili Zaxarova prezident Putin “sheriklar agressiv harakatlar” qilganda, unga javob mos ravishda boʻlishi haqida gapirganini eslatib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala