“Rossiyani mustahkamlash” uchun beshta tuya yoqildi – video

© AFP / STEFAN HEUNIS Shaman ispolnyayet ritualniy tanes na yejegodnom festivale koldunov v Benine
Shaman ispolnyayet ritualniy tanes na yejegodnom festivale koldunov v Benine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shamanlar “Rossiya va uning xalqlarini mustahkamlash” maqsadida beshta tuyani yoqish marosimini o‘tkazishdi.

TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Rossiyaning Irkutsk viloyati Angarsk shahri prokuraturasi OAVlarida shamanlarning “Rossiya va uning xalqlarini mustahkamlash” maqsadida beshta tuyani yoqish marosimini o‘tkazgani haqidagi xabarlardan so‘ng tekshiruv ishlarini boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Angarsk shahri prokuraturasi tomonidan tuyani yoqish marosimini o‘tkazilgani haqidagi xabarlarni tekshirish maqsadida tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

1 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Xuxe Munxe Tengeri" ("Hamisha musaffo osmon") tashkilotining baykallik shamanlari qurbonlik keltirish marosimini o‘tkazishgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ammo bu haqdagi xabarlar shu haftada ichida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

O‘zini Rossiya Oliy shaman o‘rinbosari deb hisoblovchi Artur Sibikovning so‘zlariga ko‘ra, baykallik shamanlar “Jan Tengeri yaba” deb nomlangan marosim “zamonaviy tarixda ilk bor” o‘tkazilgan va ushbu marosim Rossiya va uning xalqlarini mustahkamlash uchun bag‘ishlagan.

Uning fikriga ko‘ra, tuyalar faqat “eng yuqori darajadagi shamanlar marosimida istisno tariqasida” tanlab olingan.

Yangiliklar lentasi
0