AQSh yangi F-21 qiruvchi samolyotini namoyish qildi - video

Obuna bo‘lish
F-21 samolyoti Hindiston harbiy kuchlari uchun mo‘ljallangan.

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. AQSh Lockheed Martin harbiy-sanoat korporatsiyasi yangi F-21 samolyotini taqdim etdi. Bu samolyot Hindiston harbiy kuchlari uchun mo‘ljallangan. RIA Novosti xabariga asosan.

Samolyot Hindiston hududida mahalliy Tata kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ehtiyot qismlar AQSh yetkazib beradi.

Lockheed Martin AQSh Qurolli kuchlari uchun harbiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy kompaniya hisoblanadi.

Aeronautics bo‘linmasi havo harbiy kuchlari uchun C-130 Hercules, F-16 Fighting Falcon, F-22A Raptor, F-35 Lightning II, P-3 Orion samolyotlarini tayyorlaydi.

Yangiliklar lentasi
0