Dunyoda

Guaido ilk “prezidentlik” farmonini imzoladi

© Sputnik / Leo Alvares / Fotobankka oʻtishSpiker parlamenta Venesuelы i lider oppozitsii Xuan Guaido
Spiker parlamenta Venesuelы i lider oppozitsii Xuan Guaido - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzini Venesuelaning prezidenti deb eʼlon qilgan Xuan Guaido birinchi farmonini chiqardi.

TOSHKENT, 22 fev - Sputnik. Oʻzini Venesuelaning prezidenti deb eʼlon qilgan Xuan Guaido birinchi farmonni chiqardi. Hujjat matni Twitter᾽da joylashtirildi.

Guaido oʻzining ilk farmoni bilan mamlakatga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berdi.

Shuningdek, Guaido oʻzining oʻsha farmoni bilan Maduroning Braziliya bilan quruqlikdagi chegarani yopish buyrugʻini bekor qilgan, Aruba, Boneyra va Kyurasao orol-davlatlari bilan munosabatlarni kuchda qoldirib, uning hukumati tomonga oʻtadigan harbiylarga kafolatlar berilishini tasdiqlagan.

Prezident Venesuelы Nikolas Maduro  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Maduro Guaidoni Venesuelada saylovlar eʼlon qilishga chaqirdi

Oʻz navbatida Nikolas Maduro hukumati 23 fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan gumanitar yordamni olishga qarshi chiqmoqda. Prezidentning oʻzi mamlakatda krizis boshlanganini inkor etib, Braziliya bilan chegarani yopdi. Shuningdek, Kolumbiyaga oʻzining gumanitar yordamini yetkazmoqchi ekanligini bayon etdi.

Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaido muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtiga oʻzini vaqtinchalik prezident deb eʼlon qilgan edi. AQSH va boshqa bir qator davlatlar Guaidoni tan olishdi. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Maduroni qoʻllab-quvvatlashda davom etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala