Dunyoda

“ISHID”ning 3500 dan ziyod qurbonlari dafn etilgan qabriston topildi

© AFP PHOTO / AHMAD AL-RUBAYE Mujchinы nesut telo
Mujchinы nesut telo - Sputnik Oʻzbekiston
Suriyaning Rakka shahri yaqinida jangarilarning qurbonlari dafn etilgan eng yirik qabriston topildi.

TOSHKENT, 22 fev – Sputnik. Suriyaning Rakka shahri yaqinida “ISHID” jangarilarining qurbonlari dafn etilgan eng yirik qabriston topildi, deb xabar qildi Daily Mail gazetasi.

Mutaxassislar hisobiga qaraganda, Rakka shahri yaqinida topilgan yangi birodarlar qabristonda 2500 dan 3000 gacha qatl etilganlar koʻmilgan boʻlishi mumkin. Suriya hukumati vakillari topilgan qabriston mamlakatdagi jangarilar qurbonlari dafn etilgan eng yirik qabriston ekanligini maʼlum qilishdi.

​“ISHID” jangarilari 2014 yilda Rakka shahrini egallab olib, oʻzlarining poytaxti ekanligini eʼlon qilishdi. Shahar xalqaro koalitsiya yordamida “Suriya demokratik kuchlari” tomonidan ozod etilgan. Shahar olib borilgan janglar tufayli toʻliq vayron boʻlgan va hozirda aholi yashashi uchun biror bir qulaylik mavjud emas.

Avvalroq Suriyaning Moʻsul shahri yaqinida “ISHID”ning 30 nafar qurboni ommaviy ravishda dafn etilgan qabristoni topilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala