Hodisalar

Ichki ishlar xodimiga 400 dollar pora bermoqchi boʻlgan shaxs hibsga olindi

© Nguyen Huy KhamDollarы
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga 400 dollar pora berishga urindi.

TOSHKENT, 22 fev - Sputnik. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida ichki ishlar organlari xodimiga 400 dollar pora bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.

Naruchniki na dveri kletki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oliy sud raisining oʻrinbosari oʻz xizmat xonasida qoʻlga olindi

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining maʼlum qilishicha, 2019 yil 19 fevral kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimi oʻz boshligʻiga murojaat qilib, unda Bomraxa mahallasida fuqaroga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borayotgan vaqtida fuqaro xodimga ishni ijobiy hal qilib berishni soʻrab, evaziga 400 dollar taklif qilayotganligini maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu bildirgi yuzasidan Namangan viloyati ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbir natijasida fuqaro xodimga xizmat xonasida 400 dollarni pora sifatida berayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala