Iqtisod

Mirziyoyev soliq tizimi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi: ayrim rahbarlarga intizomiy choralar koʻrildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novыe standartы obrazovaniya
Shavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novыe standartы obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Soliq kontseptsiyasining amalga oshirilishi hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish masalalari tanqidiy tahlil qilindi.

TOSHKENT, 22 fev – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 fevral kuni soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini tahlil qilib, navbatdagi muhim vazifalarni belgilab olishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Shavkat Mirziyoyev na zasedanii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev neft-gaz va kimyo sanoati boʻyicha topshiriqlar berdi

Joriy yilning yanvar oyida byudjetga tushumlar boʻyicha prognoz barcha hududlarda bajarildi. Yanvar oyida inflyatsiya darajasi yillik hisobda 13 foizni tashkil etib, belgilangan prognoz koʻrsatkichdan oshmadi. Bu valyuta bozori liberalizatsiyasidan keyingi davrdagi yillik inflyatsiyaning eng minimal koʻrsatkichidir. Bu esa amalga kiritilgan yangi soliq kontseptsiyasi iqtisodiy va huquqiy jihatdan asosli ekanini koʻrsatadi.

Yigʻilishda soliq idoralari ayrim xodimlarining malakasi, kasb masʼuliyati talab darajasida emasligi, oqibatda jiddiy kamchilik va xatolarga yoʻl qoʻyilayotgani qayd etildi.

Masalan, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida umumbelgilangan soliq toʻlash tizimiga oʻtgan tadbirkorlik subʼyektlariga maslahat berish uchun soliq inspektorlari nomiga biriktirilgan.

Yigʻilishda yangi soliq tizimini joriy etishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan ayrim viloyat hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari va ularning oʻrinbosarlariga intizomiy choralar koʻrildi. 

“Soliq va prokuratura idorasi xodimlari qulogʻiga quyib olsin: bu yil yangi soliq tizimining tartib-qoidalari va hisob-kitoblari tadbirkorlar ongida toʻliq shakllanmaguncha, ularni jazolashga, jarimaga tortishga umuman yoʻl qoʻyilmasin. Aksincha, ular tadbirkorlarga maslahatchi va koʻmakchi boʻlib, soliqlarni aniq hisoblash va toʻlashda toʻgʻri yoʻl koʻrsatishi kerak,” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Soliq xodimlari malakasini oshirish, soliq toʻlovchilarga hisobotlarni shakllantirish va hisob-fakturalarni toʻldirish tartiblarini oʻrgatish masalalari muhokama qilindi. 

Ayrim tadbirkorlar yangi soliq tizimini qoʻllash boʻyicha yetarli bilimga ega emasligi tufayli tovarlarga asossiz ravishda qoʻshimcha ustamalar hisoblash hollari uchramoqda. Bu isteʼmol bozorida narx-navoga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda.

Shu bois respublika shtabiga hududlarga chiqib, joylarda narx-navo oshishi sabablarini doimiy tahlil qilish, ularning asossiz oʻsishining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Yangi soliq tizimi boʻyicha yuzaga kelayotgan koʻplab savollarga javob topish uchun uchrashuvlar, ommaviy axborot vositalarida maxsus efirlar tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Vvod v ekspluatatsiyu TES - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini tanqid qildi

Videoselektorda soliqlar toʻlovini amalga oshirishda noqonuniy holatlar ayrim misollar asosida muhokama qilindi. Yirik ishlab chiqaruvchilar, importyorlar va ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan sotilayotgan tovarlar harakatini tahlil qilib, naqd pulsiz hisob kitob-qilish koʻlamini kengaytirish, buning uchun elektron hisob-faktura tizimini tezroq joriy etish zarurligi taʼkidlandi. 

Soliq idoralariga joylardagi boqimanda qarzdorlikni undirish, daromadlarning ichki zaxiralarini izlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Jumladan, Davlat soliq qoʻmitasi huzurida yirik soliq toʻlovchilar va importyorlar bilan ishlaydigan hududlararo inspektsiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi. 

“Qanchalik murakkab boʻlmasin, boshlagan islohotlarimizni oxirigacha yetkazishimiz zarur. Lekin targʻibot-tushuntirish ishlarini bahona qilib, oʻrganishlarni tekshiruvga aylantirishga mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi. Halol tadbirkor doimo davlat himoyasida, mening himoyamda,” – dedi davlat rahbari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala