Hodisalar

Toshkent IIBB xodimiga qarshilik koʻrsatgan fuqarolar ushlandi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiye militsionerы vozle doma
Uzbekskiye militsionerы vozle doma - Sputnik Oʻzbekiston
Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Alisher X. va 26 yoshli Abdullaxon X. profilaktika inspektoriga qarshilik koʻrsatishgan.

TOSHKENT, 22 fev – Sputnik. 20 fevral kuni kechqurun Chilonzor tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori “Katta Xirmontepa” mahallasida joylashgan koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilar fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha voqea joyiga keladi. Toshkent IIBB xabariga asosan.

Naruchniki na dveri kletki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oliy sud raisining oʻrinbosari oʻz xizmat xonasida qoʻlga olindi

Xabarda aytilishicha, ushbu uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar qoʻshni uyda qurilish qilayotgan ishchilar yuzasidan shikoyat qilgan.

Ishchilar uy atrofi hududini ifloslantirib, oʻz vaqtida qurilish chiqindilarni tozalashmagan.

Bundan avval profilaktika inspektori uy egasining qarindoshlari boʻlgan ishchilarni Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 161-moddasida nazarda tutilgan tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilish haqida bir necha marta ogohlantirgan.

Biroq, Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Alisher X. va 26 yoshli Abdullaxon X. profilaktika inspektoriga qarshilik koʻrsatishgan.

Hozirgi vaqtda ular qoʻlga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219 moddasi 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) boʻyicha jinoyi ish qoʻzgʻatilgan.

Bu modda talablariga koʻra, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala