Hodisalar

Urgutda ayanchli hodisa: yongʻin oqibatida besh kishi halok boʻldi

CC0 / pixabay / Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoye foto
Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topildi.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumani "Doʻstlik" mahallasi Yangiariq koʻchasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 22 fevral kuni soat 02 dan 01 daqiqa oʻtganda Samarqand viloyati Urgut tumani "Doʻstlik" mahallasi Yangiariq koʻchasidagi 89-uyda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida Urgut tumani Yongʻin xavfsizligi boʻlimining dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlikda 6 ta asosiy va 1 ta maxsus yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin bartaraf etilgan.

Yongʻin oqibatida 89-uyning 150 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda qoʻshni 102-uyning 15 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yongʻinni bartaraf etish jarayonida 89-uy egasi, rafiqasi, qizi, nabiralari yongʻin oʻchiruvchilar tomonidan qutqarilgan. Ulardan biri kuyish tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilgan, ahvoli qoniqarli (10 foiz kuyish tan jarohati olgan).

“Yongʻinni oʻchirish vaqtida 89-uy egasining farzandlari 1980 y.t. X.U., 1986 y.t. O.U., kelini 1993 y.t. SH.E., nabiralari 2013 y.t. SH.Z. va 2018 y.t. SH.Z.larning kuygan holdagi jasadlari topilgan”, - deyiladi xabarda.

© Otdeleniye po sotrudnichestvu so SMI GUPB MVD Respubliki UzbekistanSamarqand viloyati Urgut tumani "Doʻstlik" mahallasi Yangiariq koʻchasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topildi.
Urgutda ayanchli hodisa: yongʻin oqibatida besh kishi halok boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati Urgut tumani "Doʻstlik" mahallasi Yangiariq koʻchasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topildi.

Yongʻin holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala