Iqtisod

Uy-joy kommunal sohasiga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

© Foto / Ilya BuyanovskiyJilыe doma v Tashkente
Jilыe doma v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
“Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarining faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 22 fev – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Schetchik vodы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Kommunal xizmat qarzlarini roʻyxatga qoʻyilgan har bir kishidan undirib olish mumkin boʻladi

Hujjat loyihasida aytilishicha, koʻp qavatli uy-joylarni kapital va joriy taʼmirlash ishlarini keskin arzonlashtirish, zamonaviy qurilish materiallarni jalb etish va qurilish ishlari sifatini keskin oshirish maqsadida tijorat banklar tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarfaqatgina “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari bilan shartnoma tuzgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ajratish mexanizmi joriy etiladi.

“2019 yil 1 martdan boshlab ajratilgan kredit mablagʻlari va majburiy badallar hisobidan koʻp xonadonli uy-joy fondini joriy va mukammal taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish (uy-joylarga texnik xizmat koʻrsatish, hududini saqlash, kunu-tun ishlaydigan dispetcherlik xizmatini tashkil etish) boʻyicha ishlar tegishli xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, professional boshqaruv kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tomonidan amalga oshirilishi choralari koʻrilsin” – deyilgan hujjat loyihasida.

Stroitelstvo domov v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Uy-joy kommunal sohasida boshqarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi

Qaror loyihasiga “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarining faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasi ilova qilingan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tashkil etilgan 102 ta “Taʼmirlash-tiklash xizmati” DUKlar faoliyati sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganligi, 2018 yilda ularning kuchi bilan 215,0 mlrd.soʻmdan ortiq ish hajmi bajarilganligi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yanada kuchayganligi;

2018 yildan boshlab “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tomonidan barcha hududlarda koʻp xonadonli uy-joy fondining kapital va joriy taʼmirlash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”, - deyilgan loyihada.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala