AQShda qora tanli oʻquvchilar "qullar qoʻshigʻi" sadosi ostida paxta terishga majburlandi

© AFP 2018 / NOORULLAH SHIRZADASbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻshiqda: "Menga xaltani toʻldirayotganing yoqadi. Menga gapirmaganingda yoqasan. Men uchun pul ishla!", degan soʻzlar uchraydi. Aynan shu soʻzlar tufayli bolalarning ota-onalari maktabga shikoyat bilan murojaat qilganlar

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Janubiy Karolinada oʻn yashar oʻquvchilar "qullar qoʻshigʻi" sadolari ostida dalada paxta terayotgani aks etgan videorolik tufayli katta janjal avj oldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar qilmoqda.

Afrika koʻchalarida - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Liviyada qul bozori borligi aniqlandi

Qora tanli bolalarning ota-onalaridan biri qoʻshiq soʻzlari tufayli taʼlim muassasasiga shikoyat bilan murojaat qilgan. Qoʻshiqda: "Menga sen xaltani toʻldirayotganing yoqadi. Menga sen gapirmaganingda yoqasan. Men uchun pul ishla!", degan soʻzlar uchraydi. Maktab oʻquvchisi onasi soʻzlariga koʻra, shunga oʻxshash qoʻshiqlarni plantatsiyalarda qora tanli qullar hirgoyi qilganlar.

Maktab maʼmuriyati oʻquvchilar Buyuk tushkunlik mavzusiga bagʻishlangan dars munosabati bilan dalaga olib chiqilganini maʼlum qilgan. Shuningdek, qoʻshiq soʻzlari ham qora tanli oʻqituvchi tomonidan yozilgan boʻlib, muallim oʻz navbatida 1920-yillar oxirida paxta plantatsiyalarida mehnat qilgan ota-onasining tajribasiga tayanib qoʻshiq matnini yozgan ekan.

Maktabning oʻzi ham 1929-yilda afroamerikaliklar tomonidan yaratilgan boʻlib, bu kabi "dala darslari" allaqachon maktabda tarix darsligi dasturidan oʻrin olganligi xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala