Jamiyat

IIV: internetda yolgʻonchilik holatlari avj olmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishArxivnoye foto
Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston huquq-tartibot organining maʼlum qilishicha, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon xabar tarqatish holatlari haddan ziyod koʻpayib ketgan

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki "aniq bir shaxs" tomonidan xabar berilgan hamda tasdiqlanmagan holatlarni boʻrttirib yozish, umumiy gaplar bilan aniq faktlarga asoslanmasdan yolgʻon maʼlumotlar tarqatish holatlari koʻpayib borayotgani toʻgʻrisida rasmiy bayonot eʼlon qildi.

Taktiko-spetsialnыe ucheniya po obespecheniyu bezopasnosti v shkolax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar

Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati dalil tariqasida internet tarmoqlarida "Ichki ishlar xodimi dardini toʻkib sochdi" sarlavhasi bilan tarqatilgan maqolani misol qiltirgan. Maqolada jinoyatchilikni yashirish ommalashgani haqida soʻz yuritilgan.

"Bu fikr mutlaqo notoʻgʻri, chunki ayni vaqtda ichki ishlar organlari navbatchilik qismlariga oʻrnatilgan telefonlar kompyuterga maxsus dastur orqali ulangan va har bir berilgan xabar avtomatik tarzda roʻyxatga qoʻyiladi. Shuning uchun jinoyatni yashirishning umuman imkoni yoʻq", - deyiladi rasmiy munosabatda.

Maqolada keltirilgan  "jinoyatni fosh etish uchun xodimlarda tajriba, zamonaviy texnikalar, xizmat avtotransport vositalari yetishmasligi" haqidagi gaplarni ham IIV inkor etib, aslida tajribali xodimlar ichki ishlar organlarida juda koʻp, jinoyatlarni fosh etishda ularning amaliy mehnat faoliyati katta rol oʻynayotganini taʼkidlab oʻtgan.

"Bugungi kunda xorijiy va qoʻshni davlatlar ichki ishlar tizimlari xodimlari bilan tajriba almashish yuzasidan samarali muhim uchrashuvlar, seminarlar oʻtkazilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. Soʻnggi yillarda tizimga respublika rahbariyati tomonidan katta eʼtibor berilib, xodimlar uchun zamonaviy binolar qurildi va foydalanishga topshirildi. Tezkorlikni oshirish maqsadida, tashqi xizmatlar jahon standartlariga javob beradigan aloqa vositalari, gumonlanuvchining shaxsni aniqlash imkoniyatini beruvchi mobil qurilmalar bilan taʼminlandi. Hammaning xabari bor, Davlat rahbarining tashabbuslari bilan respublikada xizmat olib borayotgan barcha profilaktika inspektorlari imtiyozli kredit asosida avtomashinalarga ega boʻldilar, oʻz xizmat hududlarida ularga xizmat uylari ajratildi. Boshqa yoʻnalishlarda xizmat olib borayotgan xodimlar ham yangi xizmat avtomashinalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlanmoqda", - deyiladi IIV bayonotida.     

Sotrudnik pravooxranitelnыx organov na fone mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
"Superpolitsiya": oʻzbek militsiyasi qulay va koʻrkam formaga oʻtishi kutilmoqda

Huquq-tartibot organi shu oʻrinda Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan jinoyatni hisobdan yashirish holatlarini aniqlash va aybdorlarga nisbatan keskin kurash olib borilayotganini maʼlum qilgan. Taʼkidlanishicha, amalga oshirilgan ishlar natijasida 2018 yilda Andijon viloyati boʻyicha jinoyatni hisobdan yashirgan 3 nafar xodim aniqlanib, jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Ulardan biriga nisbatan sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlangan va qolgan 2 nafariga nisbatan toʻplangan hujjatlar sudda koʻrib chiqilmoqda.

"Kelgusida ham jinoyatni hisobdan yashirgan xodimlarni aniqlash va ularga nisbatan keskin choralar koʻrish ishlari tizimli davom ettiriladi", - deya vaʼda qiladi Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala