Mutaxassislar "rezinka tuxum" sirini ochib berishdi

CC0 / pixabay / Varenoye yaytso
Varenoye yaytso - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq Qirgʻiziston fuqarosi tomonidan suratga olingan qideoda qaynatilgan tuxum sarigʻi "rezinkaga" oʻxshab qolgani aks etgan edi. Mutaxassislar "rezinka" tuxumlar aslo soxta mahsulot emasligini isbotlab berishdi

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻshlik fuqaro tomonidan qaynatib pishirilgach goʻyo rezinkaga oʻxshab qolgan tuxum sariqlari aks ettirilgan videorolikni tomosha qilgan mutaxassislar tuxumlar tabiiyligini, biroq ularni saqlash qoidasi buzilganini maʼlum qilishdi.

Trade at a city food pre-Easter fair held on Karl Marx Square in Novosibirsk. (File) - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda “rezina” tuxum paydo boʻldimi: Veterinariya qoʻmitasi tekshiruv oʻtkazdi

Ilgariroq oʻshlik fuqaro tomonidan qaynatilgan va pishgach "rezinkaga oʻxshab qolgan tuxum sarigʻi" haqidagi rolik internet tarmogʻida katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan edi.

Foydalanuvchilar ushbu mahsulot soxta ekani, savdo rastalariga esa Xitoydagi sunʼiy ovqat tayyorlash fabrikalardan kelib qolganini taxmin qilishgan edi.

Ammo mutaxassislar bu taxminlarni rad etdilar.

Ekspertlarning aytishicha, "rezinka" tuxumlar Xitoydan ham, Oʻzbekistondan ham, qolaversa, Qirgʻizistondan ham keltirilgan emas. Bor muammo shundaki - mahsulot viloyatlarga yetkazib berilayotganda haddan ortiq sovuqda qoldirilgan.

Yaytso. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Antiqa" tuxum surati Instagram᾽dagi jahon rekordini yangiladi

Qirgʻiziston Davlat veterinariya inspektsiyasi internetda ommalashgan videorolikda aks ettirilgan faktlarni tekshirib koʻrdi. Maʼlum boʻlishicha, oʻshlik erkak tomonidan xarid qilingan tuxumlar import mahsulot boʻlmagan, ular Issiq-Koʻldagi parranda fabrikasidan keltirilgan.

Rolik ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilib, fuqarolar noroziligini keltirib chiqargach, Issiq-Koʻl parranda fabrikasi rahbari Stalbek Mambetaliyev "rezinka tuxumlar - soxta mahsulot emasligi, balki bu tuxumlar saqlanish qoidasi buzilganini soʻzlab bergan va bu jarayonni amalda ham koʻrsatgan.

Tadbirkor orasida muzlaganlari ham boʻlgan bir nechta tuxumni qaynatgan. Keyin esa xuddi oʻshlik fuqaro singari barcha tuxumlarni kesib koʻrsatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala