Kalashnikov aniq nishonga oluvchi kamikadze-dron yaratdi

© Sputnik / Aleksandr Melnikov / Mediabankka o‘tishMejdunarodnaya vistavka voorujeniy IDEX-2019
Mejdunarodnaya vistavka voorujeniy IDEX-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 24 fev – Sputnik. “Kalashnikov” konserni tomonidan yaratilgan yangi kamikadze-droni qurollanishda revolyutsiyaga olib kelishi mumkin, deb yozadi The Washington Post nashri.

Kaalashnikov tomonidan bir vaqtlar yaratilgan afsonaviy AK-47 avtomati dunyoni o‘zgaritirib yuborgan edi. Endi bo‘lsa Kalashnikov mukarrab texnologiyalarni soddalashtirib, o‘ta aniq zarba beruvchi va bir vaqtning o‘zida o‘ta arzon va oddiy dron yaratdi”, - deb yozadi Vashington post.

Bespilotniy letatelniy apparat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda uchuvchisiz uchar qurilmalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etiladi

Amerikalik jurnalistlar “Kalashnikov” konserni tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu “KUB-BLA” (KUB-UAV) droni bilan Abu Dabida bo‘lib o‘tgan qurol-yarog‘ ko‘rgazmasida tanishishga muvaffaq bo‘lishgan.   

Konsern saytida xabar qilinishiga ko‘ra “KUB-BLA” – bu bu kichik va arzon “raketa” vazfasini o‘tashi mumkin. U 3 kilogramgacha bo‘lgan portlovchi moddalarni 60 km masofaga “yetkazib berishi” mumkin. Nishon koordinatalarga muvofiq yoki sputnik fotosuratiga asosan belgilanishi mumkin.

Kamkadze dronni uchirish va boshqarish juda oddiy. U 5 km balandlikda yoki yer yuziga yaqin uchishi mumkin. Maksimal tezligi soatiga 130 km. Kalashnikov konserni xabariga ko‘ra “KUB-BLA” nomli ushbu dron ayni damda barcha sinovlardan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0