Ukraina AESida generator ishdan chiqdi

© Sputnik / Falin / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES
Zaporojskaya AES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zaporojes AESining uchinchi energobloki, generator ishdan chiqishi oqibatida, vaqtincha tarmoqdan uzildi.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Ukrainaning Zaporoj viloyatida joylashgan eng yirik AESining uchinchi bloki avtomatik himoyaning ishlab ketishi natijasida to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Zaporoj AESining 3-sonli energobloki, generator ichki zararlanishi himoyasi ishlab ketishi oqibatida,  tarmoqdan uzildi. Ayni damda beshta energiya bloklari ishlashda davom etmoqda. Ularning umumiy quvvati 4315 MVt ni tashkil qiladi”, – deyilgan AES saytida joylashtirilgan xabarda.

Xabarda shuningdek, asosiy uskunalarning ishlashida hech qanday nuqson yo‘qligi, AES xodimlari o‘z faoliyatlarini to‘la-to‘kis bajarayotgani hamda ZAES joylashgan hududda radiatsiya foni norma darajasida ekanligi qayd etilgan.

Ukrainaning Zaporoj AESi – Yevropa hududidagi eng yirik energetika obyekti hisoblanadi. Uning umumiy quvvati 6 000 MVtni tashkil qiladi. ZAESning  birinchi energobloki 1984-yilda, kiinchisi— 1985-yilda, uchinchisi—  1986 yilda, to‘rtinchisi – 1987-yilda,beshinchisi —1989 yilda va oltinchisi – 1995-yilda ishga tushirilgani aytib o‘tilgan. Bugungi kunda Zaporoj AESi Ukraina energetikasining 22%ini ta’minlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0