O‘zbekistonda kirakashlar uchun patent joriy etilishi mumkin

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kirakashlar uchun bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlar joriy etilishi mumkin.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. O‘zbekistonda kirakashlar uchun bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlar joriy etilishi mumkin. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rabota taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchi-migrantlar Rossiya qonunchiligida talabchanlik kuchayishiga tayyor bo‘lishlari kerak

“Yo‘lovchi va yuk tashuvlari uchun taksistlarga bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlarni joriy qilish haqida takliflar bor. Bu yerda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzaga keladi. Toshkentda sinov tariqasida loyiha tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdik”, — dedi Mubin Mirzayev.

Qayd etilishicha, boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0