Hodisalar

Andijonda isitish qozoni portlashi oqibatida 18 nafar oʻquvchi jarohatlandi

© Sputnik / Varvara GertyeV bolnitse
V bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston
Favqulodda holat oqibatida 18 nafar oʻquvchilar turli darajada yengil jarohat oldilar.

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. 26 fevral kuni soat 10:26 da Andijon shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi “Issiqlik manbai” AJga qarashli isitish qozonining portlashi yuz berdi, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Urgutda ayanchli hodisa: yongʻin oqibatida besh kishi halok boʻldi

Xabarda keltirilishicha, favqulodda holat oqibatida poliklinikada tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan shahardagi 4-umumtaʼlim maktabining 18 nafar 9-g-sinf oʻquvchilari turli darajada yengil jarohat olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya qabulxonasiga olib kelingan.

Ular zudlik bilan zarur tekshiruvlardan oʻtkazilib, shifokorlar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatildi. 18 nafar bemor kuzatuv ostida boʻlib turibdi. Olib kelinganlardan 4 nafari holati tekshirilib, neyroreanimatsiya boʻlimiga yotqizildi, jumladan, 2 nafar bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. 10 nafar qoʻshimcha murojaat qilganlarga ambulator-psixologik yordam koʻrsatilib, uyiga javob berildi.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish, zarur dori-darmonlarni yetkazib berish boʻyicha barcha choralar koʻrilgan.

Vaziyat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumani "Doʻstlik" mahallasi Yangiariq koʻchasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida besh kishining kuygan holdagi jasadlari topilgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala