Migratsiya

Denisenko: Mirziyoyev islohotlari tufayli Rossiyaga oʻzbek migrantlari oqimi pasaydi

NIU VSHE Demografiya instituti rahbari oʻrinbosari Mixail Denisenko Rossiyadagi migrantlar soni boʻyicha Tojikiston birinchilikka chiqqani toʻgʻrisidagi Rosstat maʼlumotlariga izoh berdi.

Rosstat maʼlumotlariga koʻra, RF ishlovchi har toʻrtinchi rasmiy migrant Tojikiston fuqarosi hisoblanadi. Ilgariroq xorijiy ishchilar soni boʻyicha tuziladigan reytingda Ukraina yetakchilik qilardi.

Politseyskiye vыyavili v Ussuriyske fakt fiktivnoy postanovki na migratsionnыy uchet inostrannыx grajdan - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyada qonunbuzar migrantlar uchun yangi jazo turi joriy etilishi mumkin

Denisenkoning soʻzlariga koʻra, bu statistikada migrantlarning RFda yashashi davomiyligi bilan bogʻliq maʼlum jihatlar mavjud. Xususan, Rosstat Rossiyada 9 oy va undan koʻproq muddatda ishlayotgan shaxslar sonini hisobga oladi. Umuman olganda esa oʻzbekistonliklar hamon reytingga yetakchilik qilmoqda.

"Oʻzbekistonliklar hozir ham Rossiyaga ishlashga faol kelmoqda, ammo ular bu yerda uzoq vaqtga qolishmayapti. Buni, meni fikrimcha, mamlakatda yangi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilayotgan islohotlar bilan izohlash mumkin. U tomonidan iqtisodni liberallashtirish va biznesni boshqarish shartlarining yaxshilanishiga qaratilgan kurs oʻz samarasini bermoqda. Oʻzbekiston — salmoыli resurslarga boy davlat, u yerda hozir koʻplab jozibali loyihalar amalga oshirilmoqda, yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Shu bois Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi yuqori boʻlsa-da, uning tuzilmasi va xarakteri oʻzgarmoqda", - dedi iqtisodchi Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

OʻDenisenkoning soʻzlariga koʻra, oʻ navbatida, tojik migrantlari aksincha, chet elda faol ishlashdan manfaatdor, sababi, vatanga yuborilayotgan pul oʻtkazmalari avvalgi kabi ular oilaviy daromadining salmoqli qismini, davlat miqyosida esa byudjetning kattagina qismini tashkil etib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala